
Tokio Olimpiadasi yulduzi "Barselona"ga o‘tishi mumkin
"Barselona" Memfis Depay bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, hujumchi qidirishda davom etmoqda. Kataloniya klubi rahbariyati Antuan Grizmann yozda jamoani tark etgan taqdirda, uning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ymoqchi.
Ispaniyaning Diario nashri xabar berishicha, "Vulverxempton" ning 24 yoshli hujumchisi Rafa Mir kataloniyaliklarning yangi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.
Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchining agenti Xorxe Mendesh o‘z mijozining xizmatlarini "ko‘k-anor ranglilar" rahbariyatiga taklif qilgan.
Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda, ammo uning transfer narxi Tokio Olimpiadasidan keyin oshishi mumkin. Kecha Rafa Kot-d'Ivuar terma jamoasiga qarshi xet-trik qayd etib, o‘z jamoasini musobaqaning yarim finaliga olib chiqdi.
Fikrlar