
Tokio-2020ga yo‘llanma olgan para-kanoechilarimiz Belarusga jo‘nab ketmoqda
Joriy yilning avgust oyida Vengriyaning Tseged shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati orqali kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan para-kanoechilarimiz ham Tokio-2020ga jiddiy tayyorgarlik olib borishmoqda.
Sportchilarimiz ertaga shug‘ullanish uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan Belarusning Brest shahriga yo‘l olishadi.
Aziz Abdulhabibov, Shahnoza Mirzaeva, Hayitmurod Sherqo‘ziev va Hasan Qo‘ldoshev mazkur shaharda bir necha hafta davomida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadilar. Ularga tajribali murabbiylar Eldor Yaxshibaev va Artyom Karmeev hamrohlik qiladi. Yig‘in davomida A.Abdulhabibov, Sh.Mirzaeva hamda H.Sherqo‘ziev Tokioga tayyorgarlik doirasida mashg‘ulot olib borsa, H.Qo‘ldoshev Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqaga hozirlik ko‘radi.
Fikrlar