Tokio-2020: Uchqun Quronboev finalda! Sherzod Namozov bronza uchun kurashadi

  • 27 avgust, 2021, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugundan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo bellashuvlariga start berildi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, ikki nafar para dzyudochimiz medallar uchun kurash olib bormoqda. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sherzod Namozov bronza medali uchun o‘tish bahsida jazoirlik Ishak Ouldkudirni ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida kurash olib borayotgan hamyurtimiz Uchqun Quronboev yarim finalda ukrainalik David Xorovaga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.

Uchqun Quronboev finalda oltin medal uchun kurashadi.

Sportchilarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!