"Tokio-2020". O‘zbekiston sport delegatsiyasi yurtimizga qachon etib keladi?

  • 9 avgust, 2021, 01:07
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Tokiodagi navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan turnirda vakillarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Tecno

9 avgust kuni "Tokio-2020"da ishtirok etgan delegatsiyamiz vatanimizga qaytib keladi.

Delegatsiyamiz etib kelgach, olimpiyachilarimiz 21:00da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” ko‘chalari va A.Temur xiyoboni bo‘ylab, ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitov (taekvondo), Akbar Jo‘raev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/08/2021 00:41
Келишди. Ажойиб, ҳатто супер даражада кутиб ҳам олишди. Қойиле, бунақанги кутиб олишлардан сўнг, берилган мукофотлар, тахой ва уйлардан сўнг энди Париж2024 да спортчиларимиз ўзгача иштиёқ билан тайёрланиб, боришса керак.... Натижаларимиз бу ёғига фақат кўтарилиб борса керак деб умид қилмоқдамиз. Сабаби Эътибор ва Эътирофни барча кўрди....