Tojikiston FF bosh kotibi "Metallurg" akademiyasiga tashrif buyurdi

  • 15 mart, 2024, 04:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” professional futbol qoshida faoliyat yuritayotgan futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanish maqsadida Tojikiston futbol federatsiyasi bosh kotibi Furqat Ahmedjonov Bekobodga tashrif buyurdi. 

Tecno

Taniqli mehmon dastavval akademiya futbol maydonlari joylashgan hududda bo‘ldi. Sirdaryo sohilida joylashgan sun’iy va tabiiy qoplamali futbol maydonlari, futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari bilan tanishdi. Shuningdek, ayni paytda akademiya hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

Shundan so‘ng Furqat Ahmedjonov futbol akademiya o‘quv binosiga tashrif buyurdi. Zamonaviy futbol maktabi direktori M.Kamalova mehmonni “El Golaso” futbol akademiyasida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Tojikiston futbol federatsiyasi bosh kotibi “Metallurg” futbol akademiyasidan olgan taassurotlari, fikr mulohazalari hamda dil izhorlarini nufuzli mehmonlar esdalik daftariga yozib qoldirdi.

"Metallurg" matbuot kotibi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!