Timur Kapadze: "Surxon"ning xatolaridan unumli foydalandik"

  • 26 iyun, 2024, 01:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Olimpik – Surxon (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Juda qiyin bahs bo‘ldi. Havo ham issiq ekanligi sezildi. Futbolchilar ikki taymda ham anchagina kuch sarfladi. Shunga qaramay, yigitlar kurash olib bordi. "Surxon"ning xatolaridan unumli foydalandik. Endi, bor e’tiborimizni keyingi bahsga qaratamiz.

O‘tgan safar bitta to‘p farqi bilan ortda borayotgan edik. "Bunyodkor" juda zich himoyalandi. Shunga qaramay, imkoniyatlarimiz bo‘ldi, biroq omad etishmadi. Yana qaerdadir ularning darvozaboni juda ishonchli o‘yin ko‘rsatib tashladi. Bu safar bir to‘p farqi bilan oldinda edik. "Surxon" oldinga chiqishga majbur edi. Bizga bo‘sh zonalar ochib bergani sababli barchasi osonroq kechdi. Agar aksi bo‘lganida, yana murakkab ahvolda qolgan bo‘lar edik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
26/06/2024 07:33
Икки уйинди хам провакасия йули билан йутиларинг бу ахмокона уйин