
Tim Tszyu otasining darajasiga chiqa oladimi?
Sobiq mutloq jahon chempioni Kostya Tszyu va uning o‘g‘li Tim birgalikda ochiq mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mazkur mashg‘ulotdan olingan video lavhalarni katta Tszyu o‘z instagram sahifasiga qo‘ydi.
Tim Tszyu navbatdagi jangini 6 dekabr kuni Avstraliyada o‘tkazadi. Uning bu galgi raqibi Jek Brubaker bo‘ladi. Avvalroq, kichik Tszyu IBF ning qit’alararo chempionlik kamari sohibiga aylangan edi.
Fikrlar