"The Best". Kuchli uchlikdagilar Vinisiusdan necha ochko ortda qoldi?

  • 18 dekabr, 2024, 13:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

FIFA "The Best" sovrini uchun kurashda da’vogarlar necha ochko to‘plaganini e’lon qildi.

Mukofot sohibi "Real Madrid" vingeri Vinicius Junior bo‘ldi. Murabbiylar, terma jamoalar sardorlari, jurnalistlar va muxlislar tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, vinger 48 ball to‘pladi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri 43 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Uchlikni Viniciusning jamoadoshi Jud Bellingem yakunlab berdi. Undagi ochkolarning umumiy soni 37 tani tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, mazkur marosimda yilning eng yaxshilari  aniqlandi. Eng yaxshi murabbiy sovrinini Karlo Anchalotti qqo‘lga kiritgan bo‘lsa, Emiliano Martines darvozabonlar o‘rtasida yilning eng yaxshisi bo‘ldi. Ayollar orasida esa yilning eng yaxshi deya Aytana Bonmati e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!