
Tezkor xabar! Sane "Bavariya"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Xabaringiz bor bugun "Bavariya" klubi "Manchester Siti" vingeri Leroy Sanening transferi borasida rasmiy taklif yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Kicker nashrining yozishicha 23 yoshli germaniyalik futbolchi myunxenliklar safiga o‘tishga rozilik bildirgan. Ta’kidlash kerakki, nemis grandi uning uchun “shaharliklar”ga 100 mln evro taklif qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Sane “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 18ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar