
Tezkor: “Real” uch futbolchini tarkibdan chiqardi
“Real” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida safarda “Jirona” bilan kuch sinashadi. “Qirollik klubi” murabbiylar shtabi bo‘lajak bahs oldidan o‘yin qaydnomasidan uch nafar futbolchini chiqardi.
Madrid superklubi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Rodrigo, Andres Chema v Gonsalo Garsiya bo‘lajak bahsda ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi. Ularning har biri salomatligida muammo borligi uchun uchrashuvga jalb qilinmaydi.
Bu o‘yinchilar orasida Rodrigo asosiy tarkib vakili hisoblanadi. Braziliyalik yulduz bir oydan beri jarohatini davolatayotgan edi. Biroq davolanishlarga qaramay, Rodrigo mushaklarida og‘riq his qilyapti.
Chema va Garsiya asosiy tarkibga kirish uchun kurashayotgan yosh iste’dod egalari hisoblanadi. Ularning bor-yo‘qligi Karlo Anchelotti jamoasiga muammo tug‘dirmaydi.
“Jirona” va “Real” bahsi Toshkent vaqti bilan 7 dekabrdan 8 dekabrga o‘tar kechasi tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar