Tezkor! Oston O‘runovga bir qancha xorij klublaridan takliflar bo‘lmoqda

  • 12 avgust, 2024, 15:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov o‘tgan mavsum "Persepolis" bilan Eron chempioni bo‘ldi. Tehron klubi ayni damda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Tecno

Eron nashrlari so‘nggi paytlarda O‘runovni "Pesepolis"ni tark etgani xaqida  tinimsiz yozmoqda. Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi bilan bog‘landik. Unga ko‘ra, Ostonga bir nechta arab klubi, BAA va Qatardan ham takliflar bo‘lgan. Nomi ochiqlanmagan jamoali "qizillar" bilan shartnomani bekor qilishini so‘rab katta maosh taklif qilgan. Oston esa, Eronda o‘zini yaxshi xis qilgani bois xech qaerga ketmoqchi emas.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra forslar O‘runovga yangi, uzoq muddatli kontrakt taklif etmoqchi. "Persepolis" terma jamoamiz vingerini sotish borasida kelgan barcha taklifni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi Qatardagi Osiyo kubogidan so‘ng Eron chempionatiga ko‘chib o‘tgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!