Tezkor! Noyer jarohat oldi

  • 20 mart, 2024, 21:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Germaniyaning Frantsiya va Niderlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun terma jamao yig‘inida ishtirok etayotgandi. 

Tecno

37 yoshli posbon bugungi mashg‘ulotlarda chap qo‘lidan jarohat olgani uchun, lagerni tark etib, Myunxenga yo‘l oldi. Uning qanchaga safdan chiqqanligi hozircha aniq emas. Endi jamoani oldinda kutib turgan ikkita bahsda Ter Shtegen boshlang‘ich tarkibda o‘ynashi kutilmoqda.

"Evro-2024" ni qabul qiladigan Germaniya ushbu turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, chempionatda asosiy darvozabon Noyer bo‘ladi, deya xabar bergandi "Bild" nashri. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!