Tezkor: “Manchester Siti” Husanovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi!

  • 22 aprel, 06:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning atrofida kutilmagan vaziyat yuzaga kelgani o‘zbekistonlik muxlislarni xavotirga solmoqda.

Tecno

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchini qatorasiga bir necha o‘yindan biri maydonga tushirmayapti. “Shaharliklar”ning fevral oyidagi eng zo‘r o‘yinchisining birdaniga o‘yin amaliyotisiz qoldirilayotgan turli gap-so‘zlarning urchishiga sabab bo‘layotgani ham hech kimga sir emas.

Abduqodir Husanov 30 mart kuni Angliya kubogi doirasida “Bornmut”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning tanaffusida zaxiraga olinganidan beri hali birorta bellashuvda ko‘rinish bergani yo‘q. Ungacha hamyurtimiz manchesterliklar safida A Seriya, Angliya kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘lgan edi.

Keyinchalik legionerimiz ichki raqobatda jamoadoshi Niko O’Rayliga imkoniyatni boy berdi va asosiy tarkibdagi joyidan ayrildi. Bosh murabbiy Xosep Gvardioladan muntazam maqtov eshitib kelayotgan Abduqodirning bu ahvolga tushishi kutilmagan holat bo‘ldi, albatta.

Endi Evropaning nufuzli nashrlari Husanovning atrofidagi vaziyatga oydinlik kirita boshladi. Xususan, fichajes.net portali manchesterliklar Abduqodirni tajriba oshirish uchun ijaraga yuborishi haqida ma’lumot chiqardi.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.   

Ajoyib salohiyatiga qaramay, Husanov himoya chizizidagi o‘tkir raqobat tufayli hali “shaharliklar”ning asosiy tarkibidan muqim joy olishni uddalay olgani yo‘q.

Ichki manbalarning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘zbek futbolchisini vaqtincha jamoadan qo‘yib yuborish g‘oyasini ma’qulladi. Ispaniyalik mutaxassis ijara yosh o‘yinchining Evropa futboli tempiga yaxshiroq moslashish va kerakli tajriba to‘plashida foydalt bo‘lishiga ishonmoqda.

O‘zbekistonlik himoyachiga Angliya Premer-ligasining o‘zidan va Evropaning boshqa etakchi chempionatlaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

“Manchester Siti” mutasaddilari ijara kelishuvi Abduqodir  Husanovning professional faoliyati rivojlanishija muhim bosqich bo‘ladi va bu o‘yinchi yaqin kelajakda jamoaning himoyaviy salohiyatini mustahkamlashga yordam bera oladi, degan xulosaga keldi, - deb yozmoqda fichajes.net portali eksperti Nacho Estrella Dominges-Mompel.  

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 2023 yilning yozidan beri Frantsiyaning “Lans” klubi sharafini himoya qilib kelgan o‘zbek futbolchisini 20 yanvar kuni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Manchesterliklar himoyachi uchun 40 million evro badal puli va 10 million evro bonus to‘lashga rozilik bergan.

Abduqodir Husanov Angliyaning amaldagi chempioni bilan 2029 yilning yarmiga qadar davom etadigan shartnomani imzolagan. Transfermarkt portali tomonidan 35 million evroga baholanayotgan legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.

Endi Husanovga yanada qiyin bo‘ladi!
Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!
Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!
O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдилхамит
23/04/2025 06:48
Кани Энди йонида югириб осмонга учирганлар Англияда хам бор телеграм инстаграм
&
Баха 72
22/04/2025 22:44
Биз узбеклар шундай олдига тушволиб югурдиларинг мактаб- осмонга кутариб. Куз тегади болага кийин булди. Биз айбдормиз. Биринчи уринда блогерлар журналистлар.
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
22/04/2025 21:11
Chatoq bo‘bti
&
Азизжон
22/04/2025 07:00
Ижарага бериши аник. А серия дебсиз азгина хато бупкоптида