
Ter Shtegen o‘z talabini biroz "yumshatdi"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolash uchun talab qilayotgan maoshining kamayishiga ham rozi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli germaniyalik posbon dastlab, “ko‘k-anor ranglilar”dan yiliga 24 mln evro maosh talab qilayotgan edi. Hozir esa, u 18 mln evroga ham rozi.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2025 yilgacha imzolanishi kutilmoqda. Agar ushbu shartnoma imzolansa, ter Shtegen dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan darvozabonga, klubda faqatgina Lionel Messidan kam maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Fikrlar