
Ter Shtegen "Barselona"dan ketadimi?
Jurnalist-insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, klub rahbariyatidan hech kim 29 yoshli germaniyalik posbon bilan jamoani tark etish to‘g‘risida gaplashmagan. O‘z navbatida ter Shtegen ham “Barsa”da qolmoqchi.
Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsum La Ligada 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu uchrashuvlarning 11 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ter Shtegen “Barselona” safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U 2012 yildan buyon Germaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar