
Ter Shtegen "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi
Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"da qolishga va shartnomani uzaytirishga qaror qildi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar 2025 yilga qadar tuzilgan yangi kelishuvni imzolashga yaqin turibdi. Ularning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
28 yoshli Ter Shtegen o‘tgan mavsum “Barselona” safida 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 50 ta gol o‘tkazib yubordi. U hozir jarohatidan davolanmoqda.
Fikrlar