
Tennis. Bugun Sanjar Fayziev Polshadagi turnirda ilk o‘yinini o‘tkazadi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Fayziev bugun Polshada turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Vakilimiz "Chellenjer" turkumidagi musobaqaning saralash bosqichida kanadalik Stiven Diasga qarshi kortga chiqadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:20 da start olishi rejalashtirilgan. Ma’umlot uchun, Stiven turnirning 8-raqam ostida saralangan raketka ustasi hisoblanadi.
Vakilimizga omad yor bo‘lsin!
Fikrlar