
Ten Xag "Manchester Yunayted" tarixidagi antirekordni o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasining 3-tur doirasida "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari to‘qnash kelishdi. "Liverpul" raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu mag‘lubiyat tufayli "Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag murabbiylar orasida klub antirekordlari ro‘yxatiga kirdi.
Bu "Manchester Yunayted"ning Angliya Premer-ligasi dastlabki uch turidagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa 2022/2023 yilgi mavsumda ten Xag boshchiligida chempionatning uchta boshlang‘ich turidan ikkitasida ham mag‘lub bo‘lgan edi.
Shu tariqa, Erik ten Xag Premer-liganing dastlabki uchta turidan ikkitasida ikki marta mag‘lub bo‘lgan "Manchester Yunayted" tarixidagi birinchi murabbiyga aylandi.
Fikrlar