
Ten Xag haydagan futbolchi Italiyaga ketyapti
Jeydon Sancho qishki transferlar oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi aniq bo‘lib qoldi. U bir necha oy avval bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan kelishmay qolgan va jamoadan chetlatilgan edi.
Sanchoning uchta yo‘li bor - Saudiya Arabistoniga o‘tish, "Borussiya"ga qaytish va "Yuventus"ga o‘tish. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit A Seriya klubi bo‘lib turibdi.Turinliklar sotib olish bandi bilan Sanchoni ijaraga olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari angliyalik vingerni 32 million evroga baholamoqda.
Fikrlar