
Ten Xag: Bizga vaqt kerak
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya chempionatining 6-turida "Tottenxem"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) jamoadagi muammolar va klubning keyingi rejalari haqida gapirdi.
“Biz yozda klub xo‘jayinlari va etakchi futbolchilar bilan birgalikda harakat qilishga va jamoada qolishga qaror qildik. Shuningdek, nimani yaxshilashimiz kerakligi va jamoani qanday qurish bo‘yicha fikrlarimizni tahlil qildik. Qolaversa, [umumiy] tashkilotda biroz o‘zgarishlar qilishimiz kerak, bizda hali jarohatlangan futbolchilar bor va bizga vaqt kerak. Biz hammamiz bitta qayiqdamiz – klub egalari, xodimlar va futbolchilar”, — dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Oldinroq MYu rahbariyati qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalardan so‘ng Ten Xag o‘rniga munosib nomzod qidirayotgani ma’lum bo‘lgandi, biroq hammasi keyingi ikki o‘yin natijasiga bog‘liq: 3 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi doirasida “Portu” bilan, 6 oktyabr kuni esa APL 7-tur doirasida “Aston Villa”ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar