Ten Xag "Barsa" bilan o‘yin oldidan Fergyuson bilan uchrashdi (foto)

  • 22 fevral, 2023, 17:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag afsonaviy Aleks Fergyuson bilan uchrashdi va birga ovqatlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda fotosurat paydo bo‘ldi.

Tecno

Ten Xag juda muhim uchrashuvlar oldidan Fergyuson bilan uchrashishga vaqt topdi. Payshanba kuni "Manchester Yunayted" "Barselona"ga qarshi Evropa ligasining javob o‘yinini o‘tkazadi (birinchi o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan). Yakshanba kuni esa mankunianliklar "Nyukasl"ga qarshi Angliya liga kubogi finalida maydonga tushadi.

Aleks Fergyuson 1986-2013 yillarda "Manchester Yunayted"ni boshqargan. Shotlandiyalik mutaxassis boshchiligida "qizil iblislar" ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.fdghdfkj

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!