Ten Hag jamoasini finalga yaqinlashtirgan yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 26 yanvar, 2023, 08:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag Angliya Liga kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Natijadan mamnunman, 90 daqiqa davomida barchasini nazorat qildik. Bellashuvning borishini bir epizod o‘zgartirib yubordi. O‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashimiz lozim.

Raqib taktikasini o‘zgartirgani biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi, lekin barchasiga tayyor turishimiz kerak. Agar chempion bo‘lishni istasak, o‘yinimizni yaxshilashimiz darkor, bunday vaziyatlarga ko‘z yumish yaramaydi.

"Nottingem"ning kambek qilishiga imkon bermadik. Ikkinchi bo‘limda zichroq harakat qilganimiz qo‘l keldi. Javob uchrashuvida ham shunday o‘ynashimiz lozim. Yangi rejalar tuzib, yaxshiroq harakat qilamiz, futbolchilar diqqatini jamlashi kerak",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!