
Tayson va Jons qarama-qarshiligida hakamlar bo‘lmaydi
Afsonaviy Mayk Tayson va Roy Jons o‘zaro to‘qnash keladigan jang qoidalari ma’lum bo‘ldi.
CSAC rahbari Endi Foster ko‘rgazmali jangning qoidalari haqida ma’lumot berdi.
"Ular harakat qilishlari va pul ishlab olishlari mumkin, lekin men ularga darhol aytdim - agar biror-bir muammo bo‘lsa, jangni to‘xtatamiz. Ular boks qo‘lqoplarida bo‘ladi, bosh kiyim kiyishmaydi. Bundan tashqari, bizda hakamlar ham bo‘lmaydi, shuning uchun jangda nokaut sodir bo‘lmasa yoki kimdir jangni davom ettira olmasa, texnik g‘olib aniqlanmaydi," - dedi Foster.
Biroz avval, Tayson - Jons jangi 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi.
Fikrlar