
Tarixdagi eng bo‘ydor paralimpiyachi kimligini bilasizmi? Uning bo‘yi salkam 2,5 metr (video)
Murtazo Mexrzod para voleybol musobaqalarida ishtirok etuvchi eronlik mashhur paralimpiya sportchisi. U 1987 yil Eronning Chalus shahrida tug‘ilgan.
Mexrzod nafaqat Eronning eng bo‘ydor odami, shuningdek tarixdagi eng bo‘ydor paralimpiyachi hamdir. Uning bo‘yi 246 sm. Uning bu qadar g‘ayritabiy o‘sishi akromegali kasalligi tufayli yuzaga kelgan. Uning o‘ng oyog‘i chap oyog‘idan naqd 15 sm kalta.
U 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida Eron terma jamoasi safida harakat qilgan va oltin medalga sazovor bo‘lgan. U hal qiluvchi o‘yinda 28 ochko to‘plab, eng yaxshi to‘purarga aylangan.
Fikrlar