Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz OChL ishtirokidagi o‘yinni boshqarishadi

  • 17 aprel, 2022, 03:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o‘tayotgan OChL guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvlarida o‘zbekistonlik hakamlar faoliyat olib borishadi.

Tecno

Xususan, 4-tur uchrashuvlaridan o‘rin olgan «Al-Shabab» (Saudiya Arabistoni) — «Al-Kuva» (Iroq) jamoalari o‘rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Unga yon chiziqlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynulin va Andrey Tsapenkolar yordam beradi. Tojikistonlik Nasrullo Kabirov esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19 aprel soat 01:45 da start oladi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!