
Taniqli murabbiy Maradona bo‘yicha g‘alati taklif aytdi
“Marsel” bosh murabbiyi Andre Villash-Boash futbol yulduzi Diego Maradonaning o‘limidan so‘ng, FIFAga g‘alati taklif bilan chiqdi.
- Maradonaning o‘limi – og‘ir zarba bo‘ldi. Menimcha, endi FIFA 10-raqamni dunyodagi barcha klublarning hisobidan chiqarishi kerak. Biz futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchiga hurmatimizni shu tariqa izhor etgan bo‘lamiz. Bu dunyo futboli uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, - dedi Villash-Boash.
Maradona futbolchilik davrida Argentina terma jamoasi va “Napoli” tarkibida 10-raqamda to‘p tepgan. 2000 yilda “Napoli” Maradonaning hurmati uchun 10-raqamni iste’moldan chiqargan.
Fikrlar