
Taniqli futbol blogerlari O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasiga uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.
Taniqli futbol blogeri va SPORTS.uz sobiq jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov:
- O‘zbekiston - Qirg‘isizton o‘yinida vakillarimizdan ishonchli g‘alaba kutyapman. Taktika tomondan katta o‘zgarish bo‘lmasa kerak. Sababi, himoya chizig‘idagi futbolchilarimizning jarohatlari va Husniddin Aliqulovning yo‘qligi ham katta o‘zgarish qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Qolgan himoyachilarimiz Rustam Ashurmatov klubida kam o‘yin amalyotiga ega bo‘lmoqda. Abdulla Abdullaev va Umar Eshmurodovlar uchun mavsum endi boshlandi. Kapadze Agar Aliqulov o‘yinda qatnasha olganda, balki Qirg‘isiztonga qarshi bahsda 4 himoyachi bilan harakat qilgan bo‘lardi. Shuning uchun, o‘yin uslubida katta o‘zgarish ko‘rmayapman. Murabbiy 3-4-3 taktikasi bilan ham o‘yinni o‘zida sxemani o‘zgartirsa kerak. Fayzullaev ko‘proq markazda o‘ynasa, Alijonov hujum chizig‘iga yaqin harakat qiladi. Masharipov o‘rtaga o‘tadigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan qanotga Shukurov tortilib o‘ynaydi. Qirg‘isizton o‘z omadini qarshi hujumlarda sinab ko‘radi.
Taniqli futbol blogeri Faxriddin Ro‘ziev
- Qulay raqibga qarshi muhim o‘yin. Kapadze ichidagi bosimdan xalos bo‘lishi uchun ishonchli natija qayd etilishi kerak.
- O‘yingacha bir nechta qiziq savollar bor. Yangi murabbiy terma jamoada o‘zi yaxshi biladigan uslubdan foydalanadimi yoki eskisining ishini davom ettiradimi? Necha nafar markaziy himoyachi bilan harakatlanamiz? Nasrullaev tayyor bo‘lmasa, chap qanot mudofaasi kimga topshiriladi? Natija foydamizga bo‘lsa, o‘yinning 2-qismida kuch tejaladimi?
- Jamoaga ishonamiz va muxlislarni xotirjam qiladigan o‘yin kutamiz. Eronga qarshi bahs oldidan esa xavotirga asos bo‘ladigan bir jihatni ko‘ryapman. Mikro jarohat bilan etib kelgan Alijonovda hech qanday muammo bo‘lmasligiga umid qilamiz. Asosiy o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, aynan uning pozitsiyasini yopishga qiynalamiz.
Fikrlar