Talash bo‘layotgan Shomurodovning transfer bozoridagi narxi ko‘tarila boshladi!

  • 21 iyun, 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar soni oshib bormoqda.

Tecno

Garchi o‘zbek legioneriga birinchi taklif AQSh tomonlardan kelgan bo‘lsa-da, ayni paytda Evropa klublarining chorlovi jolzarb ahamiyat kasb eta boshladi.

Yakunlangan chempionatning ikkinchi yarmida Eldor “Roma”dagi to‘rt yillik faoliyati davomida eng zo‘r o‘yinlarini  o‘tkazdi. Ilgari Rim klubi sport bo‘lishi mutasaddilari o‘zbek futbolchisidan qutilish maqsadida jamoa qidirgan bo‘lsa, endi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin ularda hamkorlik uchun klub tanlash imkoniyati yuzaga kelmoqda.

Italiyadagi manbalarning yozishicha, “Roma” tarixidagi eng qimmat transferlardan hisoblangan Eldor “bo‘rilar” safidagi o‘yinlari bilan poytaxtlik muxlislar ishonchini qozongan. Garchi o‘zbek forvardining “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tishi poytaxtliklarga qariyb 20 million evroga tushgan bo‘lsa-da,  Shomurodov dastlabki yillarda asosiy tarkibga kirishi qiyin kechdi. Buning oqibati u “Spetsiya” va “Kalyari”ga ijaraga jo‘natildi.

Biroq o‘tgan mavsumda “Roma”ning inqirozdan chiqishida muhim rol o‘ynagan Shomurodov asosiy tarkib uchun kurashda Artyom Dovbikdan ustunlik qilgani bu o‘yinchining salohiyati hamon yuqori ekanidan dalolat beradi.

Demak, yozgi transfer bozorida Eldor Shomurodov talash bo‘lishi tabiiy.

Nufuzli manbalarga ko‘ra, “Roma” qisqa fursatda chiqish transferini rasmiylashtirishi lozim. Bu klubga moliyaviy feyr-pley qoidasini buzilishidan saqlanish imkonini beradi.

-“Roma” kelasi yili muhim maqsadlariga erishishi lozim. Jan Pero Gasperini boshchiligida klub A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Evropa Chempionlar ligasiga chiqish uchun kurashmoqchi. Buning uchun poytaxtliklar tarkibni kuchaytirishi talab etiladi va ana shu maqsadda “Roma” jddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi. Sport direktori Floran Gisolfining bir yillik hamkorlikdan keyin o‘rnini Frederik Massaraga bo‘shatib berishi ham ana shu islohotlar doirasida yuz berdi.

Endi Massara birinchi navbatda chiqish transferlari bo‘yicha ishlashi kerak. “Roma” UEFAning moliyaviy feyr-pley talablarini buzmasligi va sanktsiyaga tushmasligi uchun hech bo‘lmagan bitta katta chiqish transferini amalga oshirib, g‘aznaga kamida 10 million evro tushirishi shart.   

Rimdan ketish ehtimoli katta bo‘lib turgan birinchi raqamli futbolchi Anjelino edi. Biroq, uning Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokarasi to‘xtab qoldi.   So‘nggi kunlarda Eldor Shomurodov transferi dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi, - deb yozmoqda siamolaroma.it sayti.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Massara hozir ikkita chiqish transfer bo‘yicha ishlamoqda. Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun avvaliga rimliklarga 7 million evro miqdorida badal puli taklif qilgandi.

O‘zbek hujumchisi uchun kurashga Frantsiyaning “Renn” klubi ham qo‘shildi. Bu klub safida “Roma” qiziqish bildirayotgan to‘purar Arno Kalimuendoning borligi frantsuzlarga qo‘shimcha imkoniyat berishi mumkinligi aytilyapti.

“Renn” klubining qiziqishi ortidan “Bashakshehir” Eldor Shomurodov uchun taklif qilinayotgan summani 8 million evroga ko‘tardi.  Shomurodovning transferi klub g‘aznasiga zarur mablag‘ning katta qismini olib kiradi.

Bundan tashqari, “Roma” argentinalik jahon chempioni Leandro Paredesni ham sotib yubormoqchi. Bu yulduz uchun rimliklar “Boka Xuniors”dan 3,5 million evro talab qilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Jan Pero Gasperini klub rahbariyatini tarkibni asosan 22-26 yoshdagi futbolchilardan shakllantirishi haqida ogohlantirgan. Bu yoshi katta o‘yinchilar o‘zlariga boshqa jamoa topishi kerakligini anglatadi.

Bu qaror yaqin kunlar ichida 30 yoshni qarshi oladigan Eldor Shomurodovni ham chetlab o‘tmasa kerak. Legionerimiz mavsumdagi samarali o‘yinlari ortidan klub bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan edi.

Demak, Eldor Shomurodov qanday yo‘l tutishini vaqt ko‘rsatadi. Biz esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purarining atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz...  

Yangi bosh murabbiy Husanovga imkon beradimi?

Shomurodov kuchayib ketdi...

“Top-5” yoki Turkiya: Shomurodov qaysi jamoani tanlagani ma’qul?

Nima bo‘ldi? Bir jamoa birdaniga zo‘r o‘ynab turgan to‘rt legionerimiz bilan xayrlashdi!

Shomurodovning transferini kim hal qiladi?
Shomurodov “bomba” transfer bo‘ladi! Evropaning mashhur ligasida Eldorni kutishyapti
O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!