"Taklifga qiyinchilik bilan rozi bo‘ldim". Debyut o‘yinidagi g‘alabadan so‘ng No‘’mon Hasanov bor gapni aytdi

  • 24 iyun, 2022, 08:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Qo‘shnimiz - Tojikiston chempionatini ham kuzatib turadigan zukko muxlislarimiz bor. Albatta, bu borada gap ketganda tabiiyki o‘zimiz ham u erdagi o‘zgarishlardan imkon qadar voqif bo‘lib turishga harakat qilamiz. Tojik chempionatida to‘p surayotgan o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratib kelardik, endi u erda o‘zbekistonlik murabbiy ham faoliyat olib boradi. Yaqinda saytimiz orqali xabar berib o‘tganimizdek, No‘’mon Hasanov “Istaravshan” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishga kirishdi.

Tecno

51 yoshli mutaxassis bunga qadar biror klubda emasdi. Uning oxirgi jamoasi “Navbahor” bo‘lganini bilsangiz kerak. Hasanov namanganliklar jamoasida bosh murabbiy sifatida ishladi. 2021 yilgi mavsum boshida u erdan ketganidan keyin No‘’mon Nurmatovich hech qaysi jamoada ko‘rinish bermay kelayotgandi.  

nu’mon3

Hasanovning futbolga o‘z qarashi bor. Buni boshqargan jamoalarining o‘yin uslublaridan ham bilsa bo‘ladi. Ayniqsa, mayda paslar bilan tezkor o‘yin ko‘rsatish, raqibni to‘psiz qoldirish kabi xususiyatlar uning uslublaridan biri. Nihoyat, ma’lum tanaffusdan keyin u yana murabbiylik ishiga qaytdi. O‘z kasbini sog‘ingani shubhasiz. Bu safar esa Tojikiston chempionatida o‘zini sinab ko‘rishni ma’qul topdi. Endilikda bor e’tiborini “Istaravshan” jamoasiga qaratadi. No‘’mon Nurmatovich ushbu chaqiruvni qabul qilishi haqida Sports.uz muxbiriga shunday dedi:

- “Istaravshan” jamoasining prezidenti menga qo‘ng‘iroq qilib, taklif bilan chiqdi. Sizga rostini aytaman, ushbu taklifga qiyinchilik bilan rozi bo‘ldim. Bizning suhbatimiz to‘rt kun davom etdi. Jamoamiz qiyin ahvolda, yordam bering deb iltimos qilishdi. Har tomonlama ajoyib inson ekan, jamoasiga jon kuydirib qayg‘uryapti. Oxir-oqibat men rozi bo‘ldim va faqat bitta shart bilan: “Istaravshan” jamoasidagi o‘yinchilari, murabbiylar shtabi, klub ishchilari va muxlislari bilan suhbat o‘tkazib keyin qaror qabul qilishimni aytdim. Shuning uchun ham bu klub bilan shartnoma imzolashim cho‘zilib ketdi. Bilasizlar, 3 kun oldin shartnoma tuzdim va dekabrgacha shu erda ishlashga rozilik bildirdim. Rasmiy bellashuvgacha bitta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. “Ordabasi” bilan o‘yinda 2:2 hisobida durang o‘ynadik. Mana, kuni kecha Tojikiston chempionatida bosh murabbiy sifatida birinchi o‘yinimni o‘tkazdim. “Esxata”ga qarshi bahsda biz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik, - dedi Hasanov.

nu’mon1

Shunday qilib, hamyurtimizning qo‘shni chempionatdagi hayoti boshlandi. “Istaravshan”da Hasanovdan oldin yana bir xorijlik murabbiy ishlagan. Bu Rizo Parkash edi. Endi esa klub rahbariyati bizning murabbiy bilan yaxshi natijalarga erishish istagidalar. Yuqorida o‘zi aytganidek, hamyurtimiz debyut uchrashuvini o‘tkazib, “Esxata” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda stadion muxlislar bilan to‘lgani e’tiborimizni tortdi. Baribir yangi murabbiyning kelgani ularga yaxshi ma’noda ta’sir ko‘rsatganligi sezilib turibdi. Bunday paytda debyutini o‘tkazgan hamyurtimizda ham hayajon kuzatilgan bo‘lsa ajab emas. Hasanov shu xususida quyidagilarni aytdi:

- Endi bevosita debyut o‘yinimga keladigan bo‘lsak, stadion muxlislar bilan to‘ldi. Bungacha o‘rtoqlik uchrashuvlarimizda ham, mashg‘ulotlarimizda ham muxlislarning faolligiga amin bo‘lib ulgurgandim. Bu futbol shahri ekan. Xuddi bizni vodiyga o‘xshaydi. Hayajonga kelsak, albatta hamma murabbiyni ham g‘alaba qozongisi keladi. Shu bois hayajon bo‘ladi. Xudoga shukr, yutib oldik. Futbolchilar maydonda tanlagan taktikamizni a’lo darajada bajarishdi. Rostini aytsam, qisqa fursat ichida mening uslubimga moslashishlariga ishonmagandim, - deya fikr bildirdi, No‘’mon Nurmatovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
24/06/2022 11:56
Истаравшан _У'ратепа у'зи х,озир х,ам водий х,удудида жойлашган ва булар хам водийлик мухлислардур худди у'шликлар сингари Ну'монжон укамизга ишларида келди тилаймен
Ал-химик
24/06/2022 10:38
Соққани қилаверинг ака, омадизни берсин
Marifjon Turajonov
25/06/2022 22:43
Shuni uchun Real muhlisi buling .
Namangandagi voqea takrorlanmasin.
Men ham Barsaman .lekin hokimimiz Real. Sabir qilamiz
Pardayev Shavkat
24/06/2022 12:59
Нўъмонжонга омад тилайман. Ҳали бизнинг тренерларимизга, Европанинг кучли бешликларидан ҳам таклифлар тушади.