taekvondo. rafalovich bronza, osipova oltin medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Musobaqada qatnashayotgan terma jamoamiz a’zolari bahslarning dastlabki kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Nikita Rafalovich (-74 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qizlarimizdan Svetlana Osipova (+73 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Charos Qayumova finalgacha etib borib (-53 kg) kumush medalga ega chiqdi. Madina Mannopova (-49 kg) va Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medali sohibasiga aylanishdi.

Musobaqa davom etmoqda. Mazkur turnir nihoyasiga etgach taekvondochilarimiz Eronning o‘zida «Fajr Open» reyting musobaqasida ishtirok etadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!