
Svetlana Osipova Yaponiyada yarim finaliga chiqdi
Yaponiyada boshlangan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ilk kunida hamyurtimiz Svetlana Osipova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Svetlana chempionatning dastlabki bosqichida serbiyalik Ana Tepavatsni, ikkinchi davrada meksikalik Briseida Akostani, chorak finalda serbiyalik Militsa Mandichni mag‘lub etdi.
Shu tariqa yarim finalga yo‘l olgan Svetlana Osipovaga final yo‘llanmasin uchun o‘tadigan jangda 2016 yil Rio De Janeyroda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan xitoylik Zeng Shuyin bilan raqobatlashadi.
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA muxbiri
Fikrlar