
Sven-Yoran Eriksson vafot etdi
Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson 76 yoshida vafot etdi. Shvetsiyalik sobiq murabbiy anchadan buyon oshqozon saratoni bilan kurashib kelayotgan edi.
"Sven-Yoran Eriksson uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng, ertalab uyida, o‘z oilasi bag‘rida vafot etdi. Butun oila sizlarni qayg‘urayotganingizni hurmat qiladi va vaqtinchalik ular bilan bog‘lanmaslikni so‘raydi", - deyiladi sobiq murabbiyning rasmiy saytidagi xabarda.
Sven-Yoran Eriksson o‘z faoliyatida Angliya, Meksika, Kot-d'Ivuar va Filippin kabi milliy terma jamoalarda ishlagan. Shuningdek, Evropaning bir qator klublari, jumladan, "Roma", "Benfika", "Fiorentina", "Manchester Siti" va "Lester Siti" klublariga ustozlik qilgan. Shuningdek, "Notts Kaunti" jamoasi sport direktori lavozimida ham ishlagan.
O‘lmidan bir muddat ilgari u ta’sirli tarzda : "Umid qilamanki, siz meni yaxshi inson sifatida eslaysiz. Men umuman olganda yaxshi hayot kechirdim. Biz hammamiz o‘limdan qo‘rqamiz. Biroq, o‘lim ham hayotning bir qismidir. Siz buni qabul qilishni o‘rganishingiz kerak", - deya xayrlashuv maktubini yozib qoldirgan edi
Fikrlar