
Suzish. Samarqandda bo‘ladigan Osiyo chempionatining medallari taqdim etildi (FOTO)
Joriy yil 22-24 sentyabr kunlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida suzish bo‘yicha 10-bor tashkil etilayotgan Osiyo chempionati bahslari o‘tkaziladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Osiyo suzish federatsiyasi shafeligida o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada qit’aning ko‘plab nomdor sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Ayni paytga kelib tashkilotchilar tomonidan tayyorgarlik ishlarining so‘nggi bosqichi olib borilmoqda.
Jumladan, Osiyo chempionatining sovrindorlari uchun beriladigan medallar ham tayyorlab qo‘yildi.
Medalning old tomonida Osiyo chempionatining logotipi berilgan. Medalning orqa tomonida esa dunyoga mashhur Registon maydoni berilgan bo‘lib, Osiyo suzish federatsiyasi nomlanishining qisqartmasi hamda qit’a chempionati o‘tkaziladigan sana berilgan.
Fikrlar