
"Surxon"ni ikki nafar futbolchi tark etdi
Termizning "Surxon" jamoasi ikki o‘yinchisi bilan rasman xayrlashganini e’lon qildi. Bu xususida quyidagicha rasmiy xabar berildi:
"Surxon" PFK ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Bular - himoyachilar Aziz Pirmuhammadov hamda Shoxjahon Sultonmurodov.
Azizbek Pirmuhammadov 1,5 mavsum mobaynida "Surxon" safida 28 uchrashuv o‘tkazgan, shuningdek, U-21 jamoasining eng yaxshi assistenti bo‘lgan. Sultonmurodov esa "uchar to‘lporlar" futbolkasida 21 uchrashuv o‘tkazdi va aynan "Surxon" vakili sifatida Osiyo O‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi", - deyiladi klub matbuot xizmatining bayonotida.
Fikrlar