"Surxon" klubi internetda chiqqan xabarlarni inkor etmoqda

  • 6 avgust, 2020, 16:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun SPORTS.uz va boshqa saytlarda "Surxon" klubi yarim himoyachisi Shavkat Salomovga "Buxoro" klubi qiziqayotgani, ayrim nashrlarda esa, futbolchi aniq Buxoroga qaytishi yozildi. Ushbu xabarlarni termizliklar matbuot kotibi inkor etdi.  

Tecno

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Shavkat Salomov "Buxoro"ga qaytmoqda rukni ostida yangiliklar e’lon qilinmoqda. "Surxon" futbol klubi ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilayotgan norasmiy ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘raydi.

Salomovning 2020 yil 30 noyabrga qadar klub bilan shartnomasi bor va ushbu shartnoma tugamangunga qadar klub futbolchini hech qaerga qo‘yib yubormaydi!

Shu o‘rinda, "Surxon" kechadan Toshkentda yig‘ilib, o‘z mashg‘ulotlarini boshladi va ushbu mashg‘ulotlarda Shavkat Salomov ham ishtirok etmoqda, - deyiladi klub rasmiy xabarida.

"Buxoro" Shavkat Salomovga qiziqmoqda

photo_2020-03-14_06-46-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!