
"Surxon" kichik ta’tilga chiqadi
O‘zbekiston Kubogi uchrashuvidan so‘ng "Surxon" jamoasi kichik ta’tilga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, FIFA kunlaridan unumli foydalanib, 7-14 iyun kunlari jamoa Dukent sport qarorgohida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inni o‘tkazadi.
Termizliklar keyingi uchrashuvni Superliganing 13-tur doirasida Toshkentda Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar