
"Surxon" - "Andijon" uchrashuvi hakamlar tomonidan ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston Coca Sola Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Andijon" uchrashuvidagi "Andijon" jamoasi tomonidan bildirilgan e’tirozli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu haqida O‘zbekiston hakamlar qo‘mitasi markazi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar