
Suriya termasi bosh murabbiyi: Jamoamiz yangidan shakllantirilmoqda
Unda dastlab Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Fajr Ibrohim ishtirok etdi.
"Bu erda ekanligimdan mamnunman. Mamlakatingizga birinchi marta kelmayapman. O‘zbekiston Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Ertangi o‘yin qiziqarli o‘tishi aniq.
Osiyo kubogi haqida ko‘p gapirishni istamagan bo‘lar edim. E’tiborimiz bo‘lajak Jahon chempionati saralash bosqichi o‘yinlariga qaratilgan. Hozir terma jamoamiz yangidan shakllantirilmoqda. Bu borada olimpiya terma jamoasi futbolchilariga tayanmoqdamiz.
Eron va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarga bir qator etakchi futbolchilarni olib kelishga qaror qildim. Keyingi yig‘inlarda asosan OTJdagi yosh futbolchilarga e’tibor qaratiladi. Bizning strategiyamiz shunday.
Omar Xarbin? Bilasizmi, o‘tgan davr o‘tib ketdi. U oilaviy sabablarga ko‘ra kela olmadi. Bizning asosiy maqsadimiz tarkibni asta-sekinlik bilan yoshartirib borish, shuningdek yosh futbolchilarga ishonch bildirishga harakat qilaman.
Terma jamoangizning Turkiya va KXDRga qarshi o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Shunga amin bo‘ldimki, futbolchilaringizning jismoniy tayyorgarligi yaxshi shakllangan. Bu narsa zamonaviy futbolda ko‘p narsani anglatadi. Qolaversa, hujum va himoyadagi harakatlar ham yomon taassurot qoldirmadi.
Curiya terma jamoasi Eron bilan ikki bor durang o‘ynagan. Biz 0:5 ga mag‘lub bo‘ldik, u vaqtda sharoit ham yaxshi edi. Hozirgi sharoitimiz va oldingisi borasida katta farq bor. To‘g‘ri, natija juda uyatli ko‘rinish oldi, ammo bu futbol va unda har narsa ro‘y berishi mumkin. Asosiysi bu muammolarni bartaraf etish", - deb suriyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.
Fikrlar