Superto‘purar faqat “Real”ga o‘tishini uqtirdi

  • 3 iyul, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya to‘purarligini qo‘lga kiritgan Viktor Osimxen Evropaning grand klublari o‘rtasida talash bo‘lmoqda.

Tecno

Ayni paytda Angliya Premer-ligasining bir necha klubi “Napoli”dan hujumchisini sotishni so‘ramoqda. Neapolliklar to‘purarni 180 million evroga qo‘yib yuborishga tayer.

Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, nigeriyalik futbolchining o‘zi faqatgina “Real”ga o‘tishni istayapti. Madridliklarning asosiy transfer nishoni Kilian Mbappe hisoblanadi.

Biroq, mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, agar “Qirollik klubi” frantsiyalik to‘purarni qo‘lga kirita olmasa, o‘rniga 24 yoshli Osimxenni oladi.

Viktor Osimxenning Italiya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!