Superliganing o‘tgan tur uchrashuvlari tahlili bo‘yicha hakamlar uchun seminar tashkil etildi

  • 9 oktabr, 2021, 18:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlarining malaka va salohiyatini oshirish, halollik hamda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tecno

Jumladan, ushbu mavsum davomida O‘zbekiston Superligasi va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach, O‘FA hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan maxsus seminar tashkil etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinmoqda.

xakamlar

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida Superliga o‘tgan tur uchrashuvlari yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, FIFA instruktorlari, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi.

Seminar davomida hakam va inspektorlar o‘tgan turlardagi hakamlarning xatti-harakatlari videomateriallar asosida tahlil qildilar. Yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolar ko‘rsatib o‘tildi, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o‘yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

xakamlar2

Har bir sohada bo‘lganidek, hakamlikda ham bugungi kunning talabi – ishga mas’uliyat va professionallik bilan yondashish, zamonaviy bilimlarni egallashda shijoatli bo‘lish ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, seminar davomida hakamlikning barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda o‘yindan tashqari holat, jarima maydoni ichidagi qoida buzilishlari, to‘qnashuvlardan so‘ng qabul qilinadigan qarorlar, to‘pni qo‘l bilan o‘ynash va o‘yinda ro‘y beradigan yana ko‘plab holatlar bo‘yicha ishlandi.

Bu kabi seminarlar va amaliy mashqlar mavsum davomida o‘tkazib boriladi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!