
Superliganing 19-turi yakunlandi. Turnir jadvali bilan tanishing
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin "Xorazm" - "Qizilqum" bahsi bilan Superliganing navbatdagi turi ham o‘z nihoyasiga etdi.
Tur davomida qiziqarli uchrashuvlar etarlicha bo‘ldi. Turni "Paxtakor" o‘z uyida "So‘g‘diyona"ni qabul qilib, ochib berdi (2:0). Keyin esa Markaziy stadionda "Navbahor" "Neftchi"ni bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, "Dinamo" va OKMK uchrashuvida samarqandliklar minimal 1:0 hisobida zafar quchdi. Turnir peshqadami bo‘lib turgan "Nasaf" esa "Sho‘rtan"ni ishonchli hisobda taslim etdi.
Ushbu tur uchrashuvlaridan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing.
Fikrlar