Superliga va Pro-liga Qatar-2022 mundiali startiga qadar yakuniga etadi

  • 13 iyun, 2022, 17:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun — 13 iyun sanasida O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita a’zolaridan Olimxon Ahmedov, To‘labek Akramov, Bahodir Mirzaev, Maqsud Karimov, Oybek Ibrohimxonov hamda Diyor Imomxo‘jaev yig‘ilishda bevosita ishtirok etdi. Alisher Yusupov, Aziza Tatlimuratova hamda Odil Ahmedov safarda ekanligidan kelib chiqib, Zoom platformasi yordamida qatnashdi.

Tecno

Xabaringiz bor, shu yilning 21 noyabr kuni Qatarda har to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — jahon chempionati start oladi. Garchi unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etmayotgan bo‘lsa-da, millionlab o‘zbekistonlik ishqibozlar mundialni tomosha qiladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL mavsumni 21 noyabrga qadar yakunlash taklifi bilan chiqdi va buni bir necha faktorlar bilan asosladi. Yakunda Ijroqo‘m mazkur qarorni bir ovozdan tasdiqladi.

Shundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga II davrasi 1 avgustda, Pro liganing tanaffusdan keyingi 14-turi esa 5 avgustda start oladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Coca-cola kubogining final o‘yini 30 oktyabr kuni Buxoroda tashkil etiladi. Bunda ehtimoliy ob-havo hamda finalni tomosha qilish uchun tashrif buyuradigan sayohatchilar masalasi ham inobatga olindi. Pro liganing so‘nggi tur o‘yini 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, Superliga esa 19 noyabr kungi bellashuvlar bilan mavsumni yakunlaydi. Har ikki liga o‘rtasidagi o‘tish o‘yini 26 noyabr kuni tashkil etiladi.

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!