
Superliga. "Turon" o‘z uyida "So‘g‘diyona"ni minimal hisobda mag‘lub etdi
Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Turon" - "So‘g‘diyona" o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limda jamoalar ko‘proq ehtiyotkorlikka e’tibor berdi va himoyada ham tartibli harakat qildi. Ikkkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Ilgiz Tantashev mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Milan Mitrovich to‘p bilan ishlashda raqibga nisbatan qo‘pol harakat qilgan edi. Bu vaziyatni Xurshid Muxtorov golga aylantirdi.
Shu tariqa, "Turon" g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar