
Superliga. "Turon" - "Metallurg" bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi!
O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Maydon egalarining goliga Humoyun Murtozaev muallliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning goli Shahzod Ubaydullaev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "tulporlar" 13 ochko bilan so‘nggi 14-o‘rinda qoldi. 26 ochkosi bor "Metallurg" 9-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar