
Superliga. "Surxon" "Andijon"ni quvib o‘tib, kuchli oltilikka kirib oldi (TURNIR JADVALI)
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va bahs mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol Asqarov tomonidan urildi. Bobirjon 85-daqiqada qaytgan to‘pni darvozaga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Surxon" "Andijon"ni quvib o‘tib, oltinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi, "Bunyodkor" esa 8-pog‘onada qoldi.
Fikrlar