
Superliga. "So‘g‘diyona" "Qizilqum"ni minimal hisobda taslim etdi
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Qizilqum" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jizzaxliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Belllashuvdagi yagona gol 38-daqiqada Samandarjon Mavlonqulov tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "So‘g‘diyona" ochkolarini 8 taga etkazib olgan holda, jadvalda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Fikrlar