
Superliga. "Qo‘qon-1912" kambek amalga oshirib, "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" bellashuvi yakuniga etdi.
Mazkur to‘qnashuvda mehmonlar kambek amalga oshirib, mezbonlardan ustun keldi - 1:2.
Dastlab, Temurxo‘ja Abduxoliqov 16-daqiqada "qaldirg‘ochlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada esa "Bunyodkor" darvozasi tomon belgilangan penaltini Jasur Xolto‘raev golga aylantirdi. Qo‘qonliklarning g‘alaba goli esa 90+6 daqiqada Javohir Husanov tomonidan kiritildi.
Fikrlar