
Superliga. "Paxtakor" o‘z maydonida so‘nggi o‘rindagi "Turon"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Turon" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarga Dilshod Saitov, Hojimat Erkinov va Sardor Sobirxo‘jaev mualliflik qildi. Bu gollar "Paxtakor"ga yirik g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, "sherlar" 43 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. 13 ochkosi bor yaypanliklar 14-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar