
Superliga. "Paxtakor" o‘z maydonida "Qizilqum"ga imkon qoldirmadi
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Toshkent klubi safida ilk golga Abbos Fayzullaev mualliflik qildi. Ikkinchi gol Aziz Turg‘unboev nomiga qayd etilgan bo‘lsa, "sherlar"ning so‘nggi golini Dragan Cheran kiritdi. Navoiy klubidan Viktor Mbaoma o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Paxtakor" ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi va jadvalda 6-o‘ringa chiqib oldi. "Qizilqum" hisobida 4 ochko mavjud bo‘lib, klub 11-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar