Superliga. "Paxtakor" birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun "Lokomotiv"dan o‘ch oldi (fotogalereya)
Superliga 16-tur o‘yinlari davom ettirildi.
"Paxtakor" "Jar"da "Lokomotiv" bilan bahs olib bordi. Gollarga boy o‘tgan ushbu bellashuvda "Paxtakor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbon jamoadan gollarni Doniyor Abdumannopov (16, 66) va Dragan Cheran kiritgan bo‘lsa, "temiryo‘lchilar" safidan Sardor Abdunabiev (81) o‘z hisobiga jamoasining yagona golini yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "sherlar" birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun hamshaharidan o‘ch oldi. Quyida mazkur bellashuvdan fotolavhalarni tomosha qiling!

















































Fikrlar